ZARBALI-TO‘LQINLI TERAPIYa


Zarbali-to‘lqinli terapiya (ZTT) – tanadagi turli kasalliklarni past chastotali akustik to‘lqinlar bilan davolash usuli. ZTT barcha rivojlangan davlatlar klinikalarida juda keng qo‘llaniladi. Ushbu noinvaziv davolash usuli bemorlarga ham juda manzur bo‘lgan. Chunki og‘riq va deformatsiya bilan kechuvchi suyak-bo‘g‘im tizimi kasalliklarida bu usul tez samara beradi. 
ZTT seansini 15 daqiqa mobaynida 4-5 marotaba olgan bemorlar tez orada davolash samarasini sezadi.

KO‘RSATMALAR

  • umurtqa osteoxondrozi 
  • umurtqalararo disk churrasi 
  • radikulit
  • sport jaroxatlaridan keyingi reabilitatsiya
  • sinishlardan keyingi reabilitatsiya 
  • elka-kurak periartriti 
  • bo‘g‘im lat eyishlari va pay cho‘zilishlari 
  • yassi oyoqlik 
  • tovon shporasi 
  • tos-son va tizza bo‘g‘imlari deformatsiyalovchi osteoartrozi
  • epikondilit; 
  • diabetik oyoq panjasi sindromi

MUOLAJA QANDAY O‘TKAZILADI


Muolaja o‘tkazilish bosqichlari:
1-bosqich: vrach tomonidan og‘riqli nuqta aniqlab olinadi; 
2-bosqich: so‘ngra bemor kresloga o‘tiradi yoki kushetkaga yotadi;
3-bosqich: vrach og‘riqli joyga gel suradi;
4-bosqich: So‘ngra applikator og‘riqli nuqtaning o‘rtasiga yo‘naltiriladi va zarbali-to‘lqinli terapiya boshlanadi;
5-bosqich: Zarba yirik arteriya va nervlar proektsiyasiga to‘g‘ri kelmasligi kerak. 
6-bosqich: Muolaja 10-15 daqiqa mobaynida o‘tkaziladi. 

DAVOMIYLIGI

Davolash davomiyligi 10–15 daqiqa, har 3 kunda bir marotaba keladi. Har kuni yoki kunora qilish tavsiya etilmaydi. Birinchi ZTT dan keyin 2 yoki 3 kun o‘tishi kerak. Birinchi ZTT dan so‘ng og‘riqlar kuchayib olishi mumkin. Bu haqda bemor oldinroq ogohlantiriladi. Bundan bemor qo‘rqmasligi kerak. 4-5 seansdan keyin yaxshi samara seziladi.
Eslab qoling! Birinchi seansdan keyin to‘lqinli zarba ko‘rsatilgan joyda teri qizarishi, shishgandek bo‘lishi va og‘riq kuchayib oladi. Keyingi kunlari esa og‘riqlar yo‘qolib boradi va bo‘g‘imlar faoliyati tiklanadi, deformatsiya va kontrakturalar barham topadi. Zaruratga qarab bir yil yoki 6 oydan so‘ng muolajani takrorlash mumkin.

MON’ELIK QILUVChI HOLATLAR

  • havfli o‘smalar;
  • qon ivish sistemasi kasalliklari; 
  • o‘tkir infektsion kasalliklar;
  • homiladorlik; 
  • kardiostimulyator;
  • tromboflebit
  • tromboembolik kasallik
  • bolalar va o‘smirlarga mumkin emas, chunki ularda suyak tizimi hali o‘sishda davom etmoqda


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив