Yangiliklar Asab va ruhiyat klinikasi maʼlumotlari Transkranial magnit stimulyatsiya

Transkranial magnit stimulyatsiya


Transkranial magnit stimulyatsiya (TMS) – bosh miyaning po‘stloq qismi va uning tubida yotgan markazlarini magnit to‘lqinlari bilan stimulyatsiya qilib davolash usuli.

TMS nerv sistemasining bir qator kasalliklarini davolash va  reabilitatsiya qilishda keng qo‘llaniladi. TMS dalillarga asoslangan tibbiyot qonunlariga to‘la mos keladi va barcha rivojlangan davlatlar klinikasida noinvaziv davolash metodlari ichida o‘rin olgan.  

TMS GA KO‘RSATMALAR:

  • insultdan keyingi spastik gemiparez (3 oydan so‘ng o‘tkaziladi)
  • insultdan keyingi nutq buzilishlari
  • depressiya 
  • Parkinson kasalligi
  • quloqda shovqin
  • uch shoxli nerv nevralgiyasi
  • neyropatik og‘riqlar
  • orqa miya kasalliklarida muskullarning spastik falaji
  • fibromialgiya
  • obsessiv-kompulsiv buzilishlar
  • surunkali davom etuvchi og‘riqlar
  • insultdan keyingi ko‘rish buzilishlari
  • yon amiotrofik skleroz

MON’ELIK QILUVChI HOLATLAR

  • tanadagi o‘rnatilgan har qanday metall buyumlar
  • tanaga o‘rnatilgan har qanday elektrodlar va mikrochiplar 
  • epilepsiya va tutqanoq sindromlari (tuzalib ketgan bo‘lsa ham mumkin emas)
  • quloq implantatlari va eshituv apparatlari
  • homiladorlik (nisbiy mon’elik)
  • bolalik davri (nisbiy mon’elik)
  • kardiostimulyatorlar
  • giperkinezlar
  • ko‘zga o‘rnatilgan linzalar
  • bosh miyada o‘tkazilgan neyroxirurgik operatsiyalar
  • epilepsiya va tutqanoq sindromlari
  • alkogolizm va giyohvandlik bilan og‘riqlar 

POBOChNЫE EFFEKTЫ

  • umumiy diskomfort: umumiy charchoq
  • bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, loqal og‘riqlar
  • kalla suyagi sohasida yoqimsiz tuyg‘ular
  • uch shoxli nerv innervatsiyasi sohasida uvishishlar
  • xavotir, disforiya, yig‘loqilik, kulgi kelishi, suitsid kuchayib olishi
  • nutq markazi stimulyatsiyasida vaqtincha nutq yo‘qolib olishi
  • mimik muskullarda tiklar
  • kognitiv buzilishlar kuzatilib olishi
  • uyqu yo‘qolib olishi 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив