Buxoro Davlat Universitetining 85 yilligiga bag‘ishlangan Halqaro anjuman bo‘lib o‘tdi
2016 yil 10-11mart kuni Buxoro shaxrida Buxoro Davlat universitetining 85 yilligiga bag‘ishlangan Halqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanning «XXI asr psixologiyasi» sektsiyasida Evropa davlatlari, Rossiya, Kozog‘iston, Kirg‘izistondan bir guruh olimlar ishtirok etishdi.
O‘zbekistonlik yirik psixolog olimlar prof. Shoumarov G.B., Begmatov A.S., Karimova V.M., Safoev N.S., Kodirov B.R. lar ishtirok etishdi.
Toshkent tibbiyot akademiyasidan prof. Ibodullaev Z.R. rahbarligida bir guruh Tibbiy psixologiya yo‘nalishi magistrlari ham qatnashdi. Prof. Ibodullaev Z.R. «O‘zbekistonda tibbiyot psixologiyasi: tarixga bir nazar va istiqboldagi rejalar» mavzusida ma’ruza qildi. Yirik psixolog olim G.B. Shoumarov va boshqalar Tibbiy psixologiyani O‘zbekistonda rivojlantirish bugungi kunning eng dolzarb muammosi ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Bu borada Toshkent tibbiyot akademiyasida olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berdi.