Yangiliklar Maʼnaviy ishlar «V Tibbiyotning dolzarb muammolari» konferentsiyasi

«V Tibbiyotning dolzarb muammolari» konferentsiyasi


 

2016 yil 5 aprel kuni “Tibbiyotning dolzarb muammolari”ga bag‘ishlangan to‘liq INGLIZ tilidagi (Only English “Topical issues in medicine” nomli xalqaro ilmiy amaliy konferentsiya bo‘lib o‘tdi.
Ushbu anjumanda bizning Tibbiy psixologiya yo‘nalishi vakillari ham faol ishtirok etishdi. Bizning magistrimiz Sadikova Sajida ham o‘zining dokladi bilan ishtirok etdi, hamda barcha yig‘ilganlar bu ma’ruzani yuqori saviyada baholashdi.Barchamizga ma’lumki, Toshkent Tibbiyot Akademiyasida har yili bahor oylarida “Tibbiyotning dolzarb muammolari”ga bag‘ishlangan to‘liq INGLIZ tilidagi (Only English) xalqaro ilmiy amaliy konferentsiyasi o‘tkazilib kelinadi. Ushbu anjuman har yili katta qiziqish bilan tashkil qilinadi. Ammo shuni alohida qayd etishimiz kerakki, bu yilgi soni nafaqat Akademiyamizda, balki butun Respublika Tibbiyot Oliygohlarida ham unutilmas voqea bo‘ldi desak bejiz bo‘lmaydi, chunki yil sayin vatanimizda ingliz tiliga katta urg‘u berilayotgani, uning tibbiyotda ham dolzarb mavzu bo‘lib kelatganligi bunga zamin yasaydi, vaholanki Respublikamizda (ayniqsa akademiyamizda) talabalarimizning ingliz tili saodxonligi yanada oshib borayotganligi ushbu nufuzli ilmiy-amaliy anjumanga nisbatan bo‘lgan qiziqishni oliy darajaga ko‘tarmoqda.
“Tibbiyotning dolzarb muammolari” nomli Only English ilmiy- amaliy anjumanining bu yilgi soni ham 2016 yil 05 aprel kuni Tashkent Intercontinental Hotel ning Amir Temur zalida juda ham qiziqarli ravishda va har yilgidan ham katta e’tibor bilan tashkil qilindi.

Bunda 700 ga yaqin 35 yoshgacha bo‘lgan butun Respublika bo‘yicha, balki xalqaro Tibbiyot oliygohlar Tibbiyot yo‘nalishidagi yosh ilmiy izlanuvchi talaba va magistrlar o‘z ilmiy ishlari namunalari bilan ishtirok etishdi. Bu esa, TTA tashabbusi bilan tashkil qilinib kelinayotgan ushbu anjumanning nufuzini yanada oshirmoqda.

Bu yilgi anjumanda og‘zaki ma’ruza bilan ishtirok etganlar soni 23 ta, poster ma’ruzachilar 22 tani tashkil kildi.

Shuni alohida qayd qilishimiz mumkinki, barcha ma’ruzachilar ingliz tilida erkin, o‘z ona tilidigidek ishtirok etishdi, ular nafaqat ma’ruza qilishdi, balki ma’ruza vaqtida yuzaga kelgan har qanday savollarga batafsil ingliz tilida, teran fikrlar asosida javob berishdi.

Anjuman savol-javoblarga qizg‘in va boy bo‘ldi, shunisi quvonarliki, anjumanga yig‘ilgan ishtirokchilarning barchasi ingliz tilida a’lo darajada suhbatlasha olishlarini amalda isbotlashdi, ayniqsa Andijon Davlat Tibbiyot Instituti talabalri juda ham faol ishtirok etishdi.

Tashkiliy qo‘mita xabariga ko‘ra ushbu yilda yosh ilmiy izlanuvchilar tomonidan 700 ga yakin tezislar qabul qilingan!
Og‘zaki ma’ruzalar (oral presenters):
1-o‘rin: Ismailova Fazilat (Teri tanosil kasalliklari kafedrasi, magistri)
2-o‘rin: Abdullaev Bexzod (Davolash fakulteti, 4-kurs talabasi)
3-o‘rin Porsoxonova Kamila (Davolash fakulteti, 4-kurs talabasi)
‪‎

Poster ma’ruzachilar (poster presenters):
1-o‘rin: Xoshimova Nodira (Kuz kasalliklari kafedrasi magistri)
2-o‘rin: Solmetova Malika (Teri tanosil kasalliklari kafedrasi magistri)
3-o‘rin: Xobilov Begzod (Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti)

Anjuman so‘ngida barcha g‘olib ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirilib, barcha ishtirokchilarga va anjuman tashkilotchilari sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Anjuman tashkilotchilari bo‘lgan barcha faol xodimlar va talabalarga alohida minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz!

Anjumandan fotolavhalar:

 



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив