Test – QURQUV VA XAVOTIRNI BAXOLASh UChUN TESTLAR
QO‘RQUV VA XAVOTIRNI BAHOLASh UChUN ENG KO‘P QO‘LLANILADIGAN TESTLAR
Qo‘rquv va xavotir har birimizda kuzatilib turadi. Agar bu holat tez-tez kuzatilib tursa Siz Spilberger-Xanin shkalasidan foydalanishingiz mumkin. Bu testni har bir odamning o‘zi to‘ldiradi. Bu test xulosalari bo‘yicha psixologga uchrab maslahat olishingiz mumkin.
Ma’lumotlarni tahlil qilish va hisoblash:
Belgilangan 3, 4, 6, 7, 9, 12, 13, 14, 17, 18 raqamlar yig‘indisi – (∑1) hisoblanadi, keyin qolgan 1, 2, 5, 8, 10, 11, 15, 16, 19, 20 raqamlar yig‘indisi – (∑2) hisoblanadi.
Quyidagi formula
RX = ∑1 – ∑2 + 35
bo‘yicha reaktiv xavotir (RX) darajasi aniqlanadi.
Xuddi shunday tarzda ShX = ∑1 – ∑2 + 35
formula bo‘yicha
shaxsiy xavotir (ShX) darajasi aniqlanadi.
Bu erda ∑1 – 22, 23, 24, 25, 28, 29, 31, 32, 34, 35, 37, 38, 40 raqamlar bo‘yicha javoblar yig‘indisi;
∑2 – 21, 26, 27, 30, 33, 36, 39 raqamlar bo‘yicha qolgan javoblar yig‘indisi.
Xavotir darajalari:
Engil xavotir – 30 ballgacha;
O‘rta darajadagi xavotir – 31–45 ball;
Kuchli xavotir – 46 va undan yuqori ball.
Spilberger-Xanin shkalasi
(xavotirni baholash uchun)
Ismu sharifi___________________________ Tekshiruv sanasi______
Ko‘rsatma: Quyida keltirilgan har bir jumlani diqqat bilan o‘qing va aynan hozirgi paytda o‘zingizni qanday his qilayotgan bo‘lsangiz shunga mos javoblarni belgilang. Savollar ustida uzoq o‘ylanmang va hayolingizga kelgan birinchi javobni belgilang, chunki to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javoblar yo‘q.
Blankning old tomoni
# | SAVOLLAR,VAZIYaTLAR | Aslo unday emas | Balki shundaydir | To‘g‘ri | Juda to‘g‘ri |
1. | Men tinchman | 1 | 2 | 3 | 4 |
2. | Menga hech narsa havf solmaydi | 1 | 2 | 3 | 4 |
3. | Mening asablarim taranglashgan | 1 | 2 | 3 | 4 |
4. | Men afsus chekayapman | 1 | 2 | 3 | 4 |
5. | Men o‘zimni ozod his etayapman | 1 | 2 | 3 | 4 |
6. | Men hafaman | ||||
7. | Meni ro‘y berishi mumkin bo‘lgan muvaffaqiyatsizliklar qiynayapdi | 1 | 2 | 3 | 4 |
8. | Men o‘zimni dam olgandek his qilayapman | 1 | 2 | 3 | 4 |
9. | Men xavotirdaman | 1 | 2 | 3 | 4 |
10. | Men ichki qoniqmaslikni his qilayapman | 1 | 2 | 3 | 4 |
11. | Men o‘zimga ishonaman | 1 | 2 | 3 | 4 |
12. | Men asabiylashayapman | 1 | 2 | 3 | 4 |
13. | O‘zimni qo‘yishga joy topa olmayapman | 1 | 2 | 3 | 4 |
14. | Men o‘ta tarang holatdaman | ||||
15. | Men tanglikni his qilayapman, siqilayapman | 1 | 2 | 3 | 4 |
16. | Men manmunman | 1 | 2 | 3 | 4 |
17. | Men tashvishdaman | 1 | 2 | 3 | 4 |
18. | Mening asablarim juda qo‘zg‘algan va o‘zimni nazorat qila olmayapman | 1 | 2 | 3 | 4 |
19. | Men hursandman, shodman | 1 | 2 | 3 | 4 |
20. | Mening ko‘nglim xush | 1 | 2 | 3 | 4 |
Blankning orqa tomoni
# | SAVOLLAR,VAZIYaTLAR | Deyarli hech qachon | Ba’zan | Tez-tez | Deyarli har doim | |
21. | Men qoniqish his qilaman | 1 | 2 | 3 | 4 | |
22. | Men juda tez charchayman | 1 | 2 | 3 | 4 | |
23. | Men tez yig‘lab yuborishim mumkin | 1 | 2 | 3 | 4 | |
24. | Men ham boshqalarga o‘xshab baxtli bo‘lishni xoxlardim | 1 | 2 | 3 | 4 | |
25. | Darrov bir qarorga kela olmaganim uchun ham ba’zan yutqazib qo‘yaman | 1 | 2 | 3 | 4 | |
26. | Odatda men o‘zimni tetik his qilaman | 1 | 2 | 3 | 4 | |
27. | Men tinchman, o‘zimni bosib olganman, vazminman | 1 | 2 | 3 | 4 | |
28. | Kutilayotgan qiyinchiliklar odatda meni juda xavotirga soladi | 1 | 2 | 3 | 4 | |
29. | Men arzimagan narsalarga ham juda siqilaveraman | 1 | 2 | 3 | 4 | |
30. | Men juda baxtiyorman | 1 | 2 | 3 | 4 | |
31. | Men hamma narsani yuragimga yaqin olaveraman | 1 | 2 | 3 | 4 | |
32. | Menda o‘zimga ishonch etishmaydi | 1 | 2 | 3 | 4 | |
33. | Odatda men o‘zimni havfsizlikda, deb bilaman | 1 | 2 | 3 | 4 | |
34. | Men o‘ta og‘ir vaziyatlar va qiyinchiliklardan chetroq yurishga harakat qilaman | 1 | 2 | 3 | 4 | |
35. | Men o‘zimni ma’yus sezib turaman | 1 | 2 | 3 | 4 | |
36. | Mening ko‘nglim to‘q | 1 | 2 | 3 | 4 | |
37. | Arzimagan narsalar mening fikrimni tarqatib yuboradi va hayajonga soladi | 1 | 2 | 3 | 4 | |
38. | Men hafa bo‘lsam uzoq vaqt o‘zimga kela olmay va unuta olmay yuraman | 1 | 2 | 3 | 4 | |
39. | Men vazmin odamman | 1 | 2 | 3 | 4 | |
40. | Ishlarim va rejalarim haqida o‘ylasam meni kuchli xavotir egallab oladi | 1 | 2 | 3 | 4 | |