Test – DIQQAT VA XOTIRANI TEKShIRISh USULLARI
Diqqatni tekshirish usullari
Diqqatning tekshirish usullari ko‘p bo‘lib, uni quyidagi sinamalardan boshlash mumkin. Agar talabalar xonada 2-3 kundan oshiq dars o‘tayotgan bo‘lishsa, ularning diqqatini yakka tartibda tekshirish mumkin. Sinov talabalarni ogohlantirmasdan to‘satdan o‘tkaziladi. Buning uchun talabalardan bittasiga quyidagi savol bilan murojaat qilinadi: “Orqaga o‘girilmasdan aytingchi, ushbu xonaning orqa tomonida nimalar bor?” yoki talabaning ko‘zi bog‘lanadi va undan ushbu xonada nimalar bor, ularning soni nechta, ular qaerda va qay tartibda joylashganligi so‘raladi. Sinaluvchi bergan to‘g‘ri javoblar soni qancha ko‘p bo‘lsa, demak uning diqqati shuncha o‘tkir bo‘ladi.
Diqqat o‘tkirligi va tezligini tekshirish usuli. Sinalayotgan talabaga quyidagi savollar bilan murojaat qilish mumkin. Bu sinamani 2 xil variant yoki 2 bosqichda o‘tkazish mumkin: 1) Talabaning ko‘zi bog‘lanadi va savollarga javob berib boshlaydi; 2) Talabaga xonadagi narsalarga bir ko‘z yugurtirib (5 soniya) keyin savollarga javob berish buyuriladi. Talaba tez-tez javob berishi kerak. Agar sinama bir nechta talabada o‘tkazilsa, kimning diqqati o‘tkirroq ekanligini aniqlash uchun sekundomerdan foydalaniladi. Barcha talabalardan bitta xonada sinamani o‘tkazish mumkin emas, chunki ular xonadagi narsalarni yodlab olishlari mumkin. Diqqat charchab qolmasligi uchun xazil-mutoyibali savollar ham bo‘lishi kerak.
- Xonada nechta stul bor?
- Nechta stol bor?
- Xonadagi qizlarning qo‘li nechta?
- Xonadagi stollarning oyog‘i nechta?
- Nechta talaba oyna oldida o‘tiribdi?
- Xonada nechta chiroq yonib turibdi?
- Stol ustida nechta kitob turibdi, nechtasi ochilgan?
- Nechta talaba galstuk taqib kelgan?
- Chap tomonda o‘tirgan talabalarning barmoqlari qancha?
- Nechta qiz shimda kelgan?
Shu va shunga o‘xshash sinamalardan keyin quyidagi sinamalarni o‘tkazib boshlash mumkin.
Burdonning korrektura sinamasi
Ushbu sinama Burdon tomonidan 1895 yili tavsiya qilingan va xanuzgacha qo‘llab kelinadi. Sinama diqqatni bir joyga jamlay olish va uni bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektga ko‘chirish qobiliyatini tekshirish uchun qo‘llaniladi. Sinama juda oddiy bo‘lib, uni o‘tkazish uchun maxsus blanklar va sekundomer kerak bo‘ladi xolos. Sinamani o‘tkazish uchun tasodifiy ravishda joylashgan yirik raqamlar, harflar yoki turli geometrik shakllar yozib qo‘yilgan blank sinaluvchiga ko‘rsatiladi (Rasm 1). Talab shundan iboratki, sinaluvchi o‘zi xoxlagan bitta sonni (masalan 8 ni), bitta harfni (masalan R harfini) yoki biror bir shaklni (masalan ► shaklini) 60 sek ichida o‘chirib chiqishi kerak. Topshiriq: “Siz ushbu blankdagi 8 sonlarini vertikal yo‘nalishda o‘chirib chiqing”. Vaqt belgilanadi va 60 sekunddan so‘ng topshiriqni bajarish tezligi, yo‘l qo‘yilgan xatolar (ba’zi 8 sonlarining o‘chirilmay qolishi yoki boshqa sonlarni o‘chirib yuborish va x.k.). Sinov natijalari o‘chirilgan sonlar yoki o‘chirilmay qoldirib ketilgan sonlar, bajarish uchun ketgan vaqtga qarab baholanadi (Rasm 2). Bu topshiriqlarni turli tarzda berish mumkin. Shu yo‘l bilan diqqatning o‘tkirligi, davomiyligi, charchash darajasi, bir topshiriqdan ikkinchi topshiriqqa o‘tish tezligi baholanadi. Sinaluvchi qancha kam xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, uning diqqati shuncha o‘tkir hisoblanadi.
1 rasm. Sinaluvchining qo‘liga beriladigan blank.
Ismu sharifi_____________________________yoshi Sana | ||||||||||||||||||||||
1 | 4 | 5 | 7 | 3 | 9 | 6 | 4 | 6 | 3 | 3 | 3 | 6 | 8 | 4 | 6 | 3 | 3 | 3 | 6 | 8 | 6 | 4 |
5 | 8 | 1 | 3 | 4 | 7 | 5 | 5 | 5 | 6 | 4 | 4 | 4 | 0 | 5 | 5 | 6 | 4 | 4 | 4 | 0 | 5 | 5 |
7 | 4 | 2 | 5 | 6 | 2 | 4 | 6 | 2 | 7 | 8 | 6 | 7 | 8 | 6 | 2 | 7 | 8 | 6 | 7 | 8 | 4 | 6 |
8 | 3 | 5 | 7 | 8 | 3 | 6 | 2 | 4 | 8 | 9 | 8 | 3 | 6 | 2 | 4 | 8 | 9 | 8 | 3 | 6 | 6 | 2 |
6 | 8 | 4 | 2 | 6 | 8 | 7 | 3 | 5 | 3 | 6 | 9 | 4 | 3 | 3 | 5 | 3 | 6 | 9 | 4 | 3 | 7 | 3 |
4 | 6 | 3 | 3 | 3 | 6 | 8 | 7 | 8 | 4 | 2 | 1 | 5 | 4 | 7 | 8 | 4 | 2 | 1 | 5 | 4 | 8 | 7 |
5 | 5 | 6 | 4 | 4 | 4 | 0 | 8 | 6 | 7 | 3 | 2 | 3 | 7 | 8 | 6 | 7 | 3 | 2 | 3 | 7 | 0 | 8 |
6 | 2 | 7 | 8 | 6 | 7 | 8 | 7 | 5 | 2 | 8 | 3 | 2 | 9 | 7 | 5 | 2 | 8 | 3 | 2 | 9 | 8 | 7 |
2 | 4 | 8 | 9 | 8 | 3 | 6 | 5 | 5 | 5 | 5 | 4 | 3 | 6 | 5 | 5 | 5 | 5 | 4 | 3 | 6 | 6 | 5 |
3 | 5 | 3 | 6 | 9 | 4 | 3 | 3 | 3 | 6 | 4 | 6 | 4 | 3 | 3 | 3 | 6 | 4 | 6 | 4 | 3 | 3 | 3 |
7 | 8 | 4 | 2 | 1 | 5 | 4 | 4 | 5 | 4 | 6 | 8 | 2 | 4 | 4 | 5 | 4 | 6 | 8 | 2 | 4 | 4 | 4 |
8 | 6 | 7 | 3 | 2 | 3 | 7 | 8 | 4 | 3 | 5 | 4 | 4 | 8 | 8 | 4 | 3 | 5 | 4 | 4 | 8 | 7 | 8 |
7 | 5 | 2 | 8 | 3 | 2 | 9 | 4 | 6 | 3 | 3 | 3 | 6 | 8 | 4 | 6 | 3 | 3 | 3 | 6 | 8 | 9 | 4 |
5 | 5 | 5 | 5 | 4 | 3 | 6 | 5 | 5 | 6 | 4 | 4 | 4 | 0 | 5 | 5 | 6 | 4 | 4 | 4 | 0 | 6 | 5 |
3 | 3 | 6 | 4 | 6 | 4 | 3 | 6 | 2 | 7 | 8 | 6 | 7 | 8 | 6 | 2 | 7 | 8 | 6 | 7 | 8 | 3 | 6 |
4 | 5 | 4 | 6 | 8 | 2 | 4 | 2 | 4 | 8 | 9 | 8 | 3 | 6 | 2 | 4 | 8 | 9 | 8 | 3 | 6 | 4 | 2 |
8 | 4 | 3 | 5 | 4 | 4 | 8 | 3 | 5 | 3 | 6 | 9 | 4 | 3 | 3 | 5 | 3 | 6 | 9 | 4 | 3 | 0 | 5 |
5 | 8 | 7 | 2 | 6 | 6 | 6 | 7 | 8 | 4 | 2 | 1 | 5 | 4 | 7 | 8 | 4 | 2 | 1 | 5 | 4 | 8 | 6 |
6 | 2 | 3 | 3 | 7 | 8 | 2 | 8 | 6 | 7 | 3 | 2 | 3 | 7 | 8 | 6 | 7 | 3 | 2 | 3 | 7 | 6 | 2 |
3 | 9 | 5 | 7 | 8 | 7 | 1 | 7 | 5 | 2 | 8 | 3 | 2 | 9 | 7 | 5 | 2 | 8 | 3 | 2 | 9 | 3 | 3 |
2 | 1 | 3 | 9 | 4 | 6 | 3 | 5 | 5 | 5 | 5 | 4 | 3 | 6 | 5 | 5 | 5 | 5 | 4 | 3 | 6 | 4 | 7 |
3 | 3 | 3 | 6 | 4 | 6 | 4 | 3 | 3 | 6 | 4 | 6 | 4 | 3 | 3 | 3 | 6 | 4 | 6 | 4 | 3 | 2 | 8 |
4 | 4 | 5 | 4 | 6 | 8 | 2 | 4 | 5 | 4 | 6 | 8 | 2 | 4 | 4 | 5 | 4 | 6 | 8 | 2 | 4 | 5 | 6 |
2 rasm. Natijalarni aks ettirish uchun blank (bu sinovchida bo‘ladi).
Krepelin bo‘yicha hisoblash qobiliyatini tekshirish usuli
Ushbu usul 1895 yili Krepelin tomonidan tavsiya etilgan va xanuzgacha qo‘llab kelinadi. Usul diqqat tezligini, turg‘unligini va diqqatni bir ob’ektdan (masaladan) ikkinchi ob’ektga ko‘chirish darajasini tekshirish uchun qo‘llaniladi. Maxsus blanklarga raqamlar ustun-ustun qilib yozib chiqiladi. Sinaluvchi ushbu raqamlarni xayolda bir-biriga qo‘shishi yoki bir-biridan ayirishi va olingan natijalarni blankda yozib borishi kerak. Topshiriq bajarilganidan so‘ng sinovchi bajarilgan ishni ko‘rib chiqadi va sinaluvchi yo‘l qo‘ygan xatolarni tekshiradi, ya’ni to‘g‘ri bajarilgan topshiriqlar xajmi, topshiriqni bajarish tezligi, xatolar soni, bir ustunni echib ikkinchi ustunga o‘tish tezligini va h.k. Shu yo‘l bilan diqqatning deyarli barcha xususiyatlarini, ayniqsa parishonxotirlik darajasi tekshirish mumkin.
Shulte jadvali
Maxsus jadvalda sonlar xaotik tarzda joylashtiriladi (1 dan 25 tagacha). Sinaluvchi barcha sonlarni birinchi sondan oxirgi songacha ovoz chiqarib ko‘rsatib berishi kerak. Sinovchi esa sonlarning to‘g‘ri ko‘rsatilayotganini va topshiriqning bajarish tezligini nazorat qilib boradi. Shu yo‘l bilan diqqat tezligi, xajmi, chalg‘ishi va charchash darajasi tekshiriladi.
3 rasm. Shulte jadvali
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
Sonlarni teskari tartibda ayirib borish usuli
Sonlarni teskari tartibda ayirib borish usuli Krepelin tomondan tavsiya qilingan. Sinaluvchi 100 dan bir xil sonni ayirib keladi. (Masalan, 100-3 yoki 100-7). Sinaluvchi topshiriqni qanday bajarayotganligi nazorat qilib boriladi, ya’ni to‘xtab qolish, noto‘g‘ri ayirish, boshqa raqamlarni ishlatib yuborish va h.k.
Xotirani tekshirish usullari
- “O‘nta so‘zni yodlash” usuli. Sinaluvchiga ma’no jixatdan bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan 10 ta so‘z aytiladi va sinaluvchi ularni o‘zi xoxlagan tartibda takrorlab chiqishi kerak. Masalan, uy, olma, qalam, osmon, temir, ot, gul, qog‘oz, daryo, rom. Sinaluvchi barcha so‘zlarni to‘g‘ri aytib bo‘lmaguncha, tekshirish davom ettirilaveradi, ya’ni sinovchi 10 ta so‘zni yana qayta aytib chiqadi, sinaluvchi esa ularni yana takrorlaydi. Olingan ma’lumotlar jadvalga qayd qilib boriladi (Rasm 4). Odatda 5-6 urinishdan so‘ng barcha 10 ta so‘z ham to‘g‘ri takrorlanadi. Agar 2-3 urinishdan keyin sinaluvchi barcha 10 ta so‘zni o‘zi xoxlagan tartibda to‘la aytsa, demak uning xotirasi juda yuqori, agar sinovni 5-6 urinishdan keyin bajarsa – xotirasi yaxshi, agar 7-8 urinishdan keyin bajarsa – xotirasi biroz sust, agar 9-10 urinishdan keyin bajarsa yoki bajara olmasa, demak uning xotirasi juda sust hisoblanadi. Ushbu so‘zlarni sinaluvchini ogohlantirmasdan turib 30 minutdan so‘ng qayta aytib berishni so‘rash mumkin.
4 rasm. 10 ta so‘zni yodlash usuli
Sinov blanki
Ismu sharifi________________________ yoshi____________ Sana
# | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | Ortiqcha aytib yuborgan so‘zi |
uy | olma | qalam | osmon | Temir | ot | gul | qog‘oz | daryo | rom | ||
1 | |||||||||||
2 | |||||||||||
3 | |||||||||||
4 | |||||||||||
5 | |||||||||||
6 | |||||||||||
7 | |||||||||||
30 daqiqa o‘tgach |
- Hikoyalarni takror aytib berish usuli. Sinaluvchiga kichikroq bir hikoya o‘qib eshittiriladi. Hikoya o‘qib bo‘lingandan so‘ng sinaluvchidan uni takror aytib berish so‘raladi yoki ushbu hikoyani qog‘ozga tushirib berish so‘raladi. Bunda sinaluvchi hikoyani naqadar to‘g‘ri aytayotgani yoki to‘g‘ri yozib bergani tekshiriladi. Sinaluvchi so‘zlarning o‘rnini ma’no jixatdan boshqa so‘zlar bilan almashtirmay aytishi, so‘zlarni takrorlamasligi yoki jumlalarni tushirib qoldirmasligi kerak. Chunki xotira tekshirilayapdi. Sinov bir marta o‘tkaziladi.
- Ko‘ruv xotirasini tekshirish usuli. Sinaluvchiga 10 ta karton qog‘ozga chizilgan turli xil geometrik figuralar va rasmlar ko‘rsatiladi. Masalan, romb, uchburchag, to‘rtburchak, jo‘ja, quyosh, piyola, baliq, soyabon, mix, samolyot. Sinaluvchi ularni qog‘ozga chizib berishi kerak yoki nomini yozishi kerak.