Yangiliklar Yangiliklar «Asab va ruhiyat» kitobi

«Asab va ruhiyat» kitobi


Hurmatli kitobxon!
Asab va ruhiyatga bag‘ishlangan ushbu kitob muallifning deyarli 25 yillik kuzatuvlari asosida tayyorlangan. Undagi voqea va hodisalar insonni hayratga soladi. Odam o‘zining e’tiborsizligi va qaltis harakatlari bilan yakkayu-yagona boyligi bo‘lmish – salomatligidan ajralishiga bir bahya qolgan holatlar, vrachlar va psixologlarning matonatli faoliyati haqida to‘lqinlanib o‘qiysiz. Kitobdagi barcha ma’lumotlar hayotda bo‘lib o‘tgan voqealar asosida tayyorlangan. Ayniqsa, og‘ir kasalliklarni psixologik usullar bilan mohirona davolash usullari o‘quvchida katta qiziqish uyg‘otadi. Uni mutoala qilayotib shunga yana bir bor amin bo‘ldimki, tibbiyot va psixologiya go‘yoki egizak. Ularni bir-biridan ayro tasavvur qilib bo‘lmaydi. Hech bir kasallik yo‘qki, psixologik usulni qo‘llash zarurati tug‘ilmasa. Bemor psixologiyasini o‘rganmasdan va psixologik usullarni qo‘llamasdan turib faqat dori-darmonlar bilan chegaralanib qolish deyarli har doim ko‘zlangan natijani bermaydi. Bu haqda muallif o‘nlab misollar keltirgan. Xattoki endi sog‘ayishdan umid yo‘q, deb xulosa qilingan vaziyatlarda psixoterapevtik usullarni qo‘llab bemorni oyoqqa turg‘azib yuborilgan holatlar ko‘p bayon qilingan. Shuningdek, kitobda asab va ruhiyatga oid hikoyalar, rivoyatlar va aforizmlar ham keltirilgan. Qo‘l ostimizda davolangan bemorlar haqida ham ma’lumotlar berilgan. Kitobimizning bu nashri ham sizlarga  manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив