Yangiliklar Yangiliklar Prof. Zarifboy Ibodullaevning yangi «Asab kasalliklari» darsligi nashrdan chiqdi

Prof. Zarifboy Ibodullaevning yangi «Asab kasalliklari» darsligi nashrdan chiqdi


Ushbu darslik «Asab kasalliklari fani o‘quv dasturi» ga asoslanib tayyorlandi va uning mavzulari xususiy nevrologiyaga oid materiallardan iborat. Darslik zamonaviy ilm-fan yutuqlariga asoslangan holda yozilgan bo‘lib, unda kasallik nomi, etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, tashxisi, qiyosiy tashxis, davolash algoritmi, prognozi va profilaktikasi an’anaviy yo‘sinda yoritilgan. Darslik mavzularining bunday yoritilishi talabalar tomonidan uni o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Har bir mavzuda keltirilgan tashxis qo‘yish va davolash algoritmi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan standartlarga qat’iyan amal qilgan holda tuzib chiqildi. Barcha bo‘limlarda zamonaviy neyrovizualizatsiya usullari, ya’ni KT, MRT, MRA, PET, transkranial doplerografiya, dupleksli skanirlash, immunologik va virusologik tekshiruvlar bo‘yicha olingan ma’lumotlar keltirilgan. Tashxis qo‘yish va davolash bosqichlari ketma-ket ravishda ko‘rsatib berildi. Bu esa bemorga qaysi bosqichda umumiy amaliyot shifokori va qaysi bosqichda nevrolog yordam ko‘rsatishi zarurligini ko‘rsatib beradi. Darslik izohli jadvallar va rasmlar bilan boyitilgan. Shuningdek, barcha murakkab atamalarning izohi keltirilgan. Har bir mavzuning so‘ngida nazorat uchun savollar mavjud. Darslik so‘ngida nevrologik shkalalar va ulardan foydalanish yo‘llari yoritilgan.

prof. Ibodullaev Z.R.

Ko‘chirib olish uchun: Asab kasalliklari. Toshkent-2014 .doc

Batafsil ko‘rish uchun: Asab kasalliklari. Toshkent-2014 >>>>>



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив