Yangiliklar Yangiliklar Ehtiyot bo‘ling, dori!

Ehtiyot bo‘ling, dori!


 

Savol. Inson miyasiga dori reklamasining qanday ta’siri bor?

Javob. Dorilarni hadeb reklama qilish, albatta ularni qabul qiluvchilar sonini ko‘paytiradi. Afsuski, dorilarni keldi-kelmadi qabul qilish aksariyat odamlar orasida odat tusiga kirgan. Buning asosiy sabablaridan biri – ommaviy-axborot vositalari, ayniqsa oynai jaxon va radioda dorilarning ko‘p reklama qilinishidir. Inson miyasi yangi axborotga juda o‘ch. Agarda qaysidir ma’lumot hadeb takrorlanaversa, miya ushbu ma’lumotni to‘g‘ri deb qaror qabul qiladi. Qaror qabul qilingandan so‘ng miya uni bajarishga kirishadi. Miyaning ushbu qobiliyatini yaxshi tushungan reklama kompaniyalari undan o‘z maqsadlarida unumli foydalanishmoqda. Shu bois eng ko‘p reklama qilingan vositalar har bir odamda katta qiziqish uyg‘otadi.

Savol: Qaysi dori qachon reklama qilinadi?

Javob: Qishda tana haroratini tushuruvchi va og‘riq qoldiruvchi dorilar, bahorda allergiyaga qarshi dorilar, yozda esa ich ketishni to‘xtatuvchi dorilar ko‘p reklama qilinadi. Buning sababini tushunayotgandirsiz. Ovqatni hazm qildiruvchi dorilar esa har doim reklama qilinayapti. Bu o‘ta havfli! Qaysidir reklamada o‘smir yigit juda ko‘p ovqat ist’emol qiladi va qorni shishib ketadi. So‘ngra ovqat xazm qildiradigan dorini ichadi va hursand bo‘ladi. Biz yoshlarga sog‘lom turmush tarzini har joyda targ‘ibot qilayotgan davrda, nima uchun o‘smirlar ishtirokidagi bunday reklamalar OAV chiqib ketayapti. Bu albatta tushunarsiz xol. Dorilarning har qanday ko‘rinishda reklamasini to‘xtatish zarur deb hisoblayman.

Savol. Dori reklamasi oqibati yomon tugagan holatni o‘zingiz kuzatganmisiz?

Javob. Kuzatganman. Meni shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 12 yoshli bolani ko‘rib berishga chaqirib qolishdi. Borsam unda meningit rivojlangan ekan. Meningitda tez yordam ko‘rsatmasa, bemor o‘ladi yoki umrbod nogiron bo‘lib qoladi. Voqea bunday sodir bo‘lgan. Bola sochini yuvib ko‘chaga chiqib ketadi. Kechasi tana xarorati ko‘tariladi. O‘sha paytda televizorda tana xaroratini darrov tushiruvchi dorining reklamasi ketayotgan bo‘ladi. Ona bolaga o‘sha doridan beradi. Bola dorini ichib uxlab qoladi. Ertalab xabar olib bolaning yoniga kirishsa, u alahsirab yotgan va butun tanasiga toshmalar toshib ketgan bo‘ladi. Bolaning ota-onasi qo‘rqib ketib “Tez yordam” chaqirishadi. Doktorlar uni yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelishadi. Unda meningit rivojlangan edi. Bolaning hayoti zo‘rg‘a saqlab qolinadi. Tana harorati ko‘tarilgan har qanday bemorga, albatta, shifokorni chaqirish kerak.

Savol. Dori kasalligidan qanday qutulish mumkin?

Javob. Shunday odamlar borki, dorini tinmay reklama qilishsa ham uni doktor ruxsatisiz qabul qilmaydi. Ular kimlar? Bundaylar dunyoqarashi keng, kitob va gazetalarni ko‘p mutola qiladigan odamlardir. Ular har doim sog‘lom turmush tarziga rioya qilishadi. Mening qabulimga er-xotin ko‘ringani kelishdi. Ularning yonida 5 yashar bolasi ham bor edi. Men bolaning ota-onasini tekshirib zarur dori-darmonlarni yozib berdim. Ota-ona rahmat aytib ketishayotganida haligi 5 yashar bola “Doktor! Aytingchi, bu dorilar adam va oyimga zarar qilmaydimi?” – deb so‘radi. Jajji bolaning bu savolidan hamma kulib yubordi. U esa jiddiy turardi. Bolam sen dorining zararli ta’sirini qaerdan eshitgansan, deb so‘radim. Bola jiddiy ohangda “Axir dori kasal odamga beriladiku, demak u yomon bo‘lsa kerak”, – deb javob qaytardi. Keyin bilsam, ushbu bola buvisi bilan ko‘p bo‘larkan. Buvisi unga nima yomon-u, nima yaxshi haqida ko‘p so‘zlab berarkan. Bu voqeadan hamma o‘ziga kerak xulosani chiqarib oladi, degan umiddaman. Biz oila davrasida shu kabi suhbatlarni o‘tkazib tursak, turli yomon odatlardan, shu jumladan dori kasalligidan o‘zimizni asragan bo‘lamiz. Dori kasalligiga duchor bo‘lganlarga maslahatim shuki, doktordan beruxsat hech qanday dorini qabul qilmang.



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив