Yangiliklar Yangiliklar GIPERVENTILYaTsION SINDROM – GO‘ZAL AYoLLAR KASALLIGIMI?

GIPERVENTILYaTsION SINDROM – GO‘ZAL AYoLLAR KASALLIGIMI?


 

Shunaqaga o‘xshaydi! Nega desangiz, menga havo etishmayapti, o‘pkamni to‘ldirib nafas ola olmayapman, havo o‘pkamning to‘riga etib bormayapti, doimo tomog‘imda bitta narsa tiqilib turadi, hadeb “Uff” tortaveraman, deb shikoyat qilib keladiganlarning aksariyati 20-30 yoshli ayollardir. Ular go‘zal, injiq, o‘ziga bino qo‘ygan va birovga (ayniqsa, eriga) gapini o‘tkazishga intiladigan ayollardir.

“Giperventilyatsion sindrom – asabiy-ruhiy siqilishlar natijasida kelib chiqqan nafas olish faoliyatining buzilishi.  Bunday bemorlar vrachga tashrif buyursa, havo etishmayapti deb yoqasini ochaveradi, bo‘ynini silayveradi, haqiqatan ham notekis nafas oladi, shifokorning xonasi katta va shinam bo‘lsa-da, derazani oching, havo etishmayapti deyaveradi.

Agar bemordan kasallik sababini so‘rasangiz, albatta, uning qandaydir istagi bajarilmagan bo‘ladi, kimdadir katta puli qolib ketgan bo‘ladi, unga nisbatan xiyonat qilingan bo‘ladi va h.k.

Avvalombor bu kitobim bemorlar, ya’ni bemor bo‘lishni istamaganlar uchun mo‘ljallangan. Bu sindrom haqida hazil tariqasida yozib boshlaganim boisi, shuki bunday ayollarni davolab boshlashdan oldin ularning ichki dunyosini o‘rganing. Aks holda ularni tuzata olmay sarson bo‘lasiz. Shuning uchun ham men ba’zan hazillashib “Qoniqmagan ayol sindromi” atamasini ishlataman.

Men bu kasallikni ayollarda ko‘p kuzatganim, ularning istagi bajarilsa, nafas olishlar yana joyiga tushib ketganini ko‘p kuzatganman. Gap shundaki, bunday bemorlarni davolamasa ham tuzalib ketishadi.  Men kitoblarimda “Psixogen astma” haqida ko‘p bora yozganman. Giperventilyatsion sindrom, psixogen astma va neyrorespirator sindrom – uch xil nom bilan ataluvchi bitta kasallikdir.  Biroq, bu kasalliklarning boshqa sabablari borligini ham unutmang. Ular haqida “Asab kasalliklari” darsligimda batafsil ma’lumot berganman.


Professor Zarifboy Ibodullaev



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив