Yangiliklar Yangiliklar KOMA VA ONA MEHRI

KOMA VA ONA MEHRI


 

Komaga tushgan odamni davolashdan ko‘ra, uni parvarish qilish – bu juda katta azob. Bemor parvarishi o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, oila a’zolaridan juda katta chidam va mahoratni talab qiladi. Men uzoq yillar komadan yotgan qizini juda katta mehr va umid bilan parvarish qilgan bitta onani yaxshi bilaman (bundaylar ko‘p bo‘lsa kerak). Har gal ushbu xonadonga tashrif buyurganimda, u erdagi ajoyib bir vaziyat meni o‘ziga rom qilardi. Umuman tilsiz va unsiz yotgan bu qizning badani shu qadar toza, sochlari chiroyli qilib o‘rab taralgan, tirnoqlari tekis olingan holatni ko‘rardim. Qizning badani iliq va undan yoqimli hid taralib turardi.


Balkim qalbi pok ONA o‘z qizidan umidini uzgandir, biroq shunda ham ongiz yotgan qizining badanini o‘ta pok saqlashga harakat qilayotgan edi. Men har gal onaning menga umidli ko‘zlari bilan qarashini ko‘rib ezilib ketardim. U har doim meni kulib kutib olardi. Oxirgi umidim Siz derdi. Uni yurtimizdagi barcha nevrolog-professorlar ko‘rgan va davolashga urinishgan,biroq kasallik og‘irligi sababli natija bo‘lmagandi. Mening ham qo‘limdan hech narsa kelmasdi. Tibbiyot yuz o‘girgan bu qizdan, ONA hali umidini uzmagan edi. ONA meni negadir hadeb chaqirardi, kelib turing derdi. Men ushbu buyuk ONA oldida men ta’zim qilgim keladi.


Men har gal “Endi kelmay qo‘ya qolay, baribir foydasi yo‘q” degim keladi-yu, biroq qandaydir bir kuch meni o‘sha xonadonga borishga undardi. Bu kuch – ONA mehri edi. Men bunday onaga yo‘q deya olmasdim. Men uning uchun ushbu xonadonga tinmay borishga rozi edim. Mening tashriflarim ONA dardini engillashtirardi, biroq men bu xonadondan og‘ir his bilan uyga qaytardim. Chunki men uning qiziga yordam bera olmasligimni bilardim. Men bu ulug‘ insonga “Insult va koma” nomli kitobimni sovg‘a qila oldim xolos. Oradan bir necha oylar o‘tib, ONA mendan xabar olmay qo‘ydi…


Professor Zarifboy Ibodullaev



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив