Yangiliklar Yangiliklar Xotira nima-yu, aql nima?

Xotira nima-yu, aql nima?


 

Ko‘pchilik xotiram past deydi-yu, biroq hech kim aqlim past demaydi. Bu qiziq albatta. Yana shunday paradoks: yosh ulg‘aygan sayin xotira pasayib boradi, aql esa ortib boradi. Xotira faqat eslab qolish va esda saqlashdan iborat bo‘lsa, aql – insonning barcha oliy fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan o‘ta murakkab jarayon. Inson yuksak xotira egasi bo‘lishi mumkin, biroq yuksak darajada aqlli bo‘lish hammaga ham nasib qilavermaydi.

Shunday bir vaziyatni tasavvur qilib ko‘ring: Deylik qaysidir  bir davlatning yoshu-qarisi aqlli insonlardan iborat! O‘sha halq albatta taraqqiyotning uchinchi ming yillligini boshdan kechirayotgan bo‘lur edi. Xotirasi kuchli mingta odamdan bitta aqlli inson afzal. Xotirasi kuchli odam hatto o‘zini boshqara olmasligi mumkin, biroq aqlli inson har qanday murakkab sharoitlarda ham butun bir davlatni boshqaradi yoki olamshumul kashfiyotlar yaratadi. Bundaylar haqli ravishda dohiy degan nomgacha etib boradi. Demak, xotira bilan aqlning o‘ziga yarasha farq qiluvchi tomonlari ko‘p.

Professor Zarifboy Ibodullaev



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив