Saytimizga xush kelibsiz!
1924 yili nemis psixiatri Ernst Krechmer tomonidan “Tibbiyot psixologiyasi” alohida fan sifatida ajratildi. Ushbu olim tomonidan «Tibbiyot psixologiyasi» nomli dastlabki darslik yaratildi. Evropaning etuk universitetlarida “Tibbiyot psixologiyasi” kafedralari va fakultetlari tashkil qilindi. Ularda yuqori malakali tibbiy psixologlar tayyorlanib boshlandi.
“Tibbiyot psixologiyasi” umumiy psixologiya, fiziologiya, psixiatriya, nevrologiya va farmakologiya fanlari negizida shakllandi. Bugungi kunda “Tibbiyot psixologiyasi” jadal rivojlanib kelayotgan fanlardan biridir. Ushbu fan bo‘yicha tahsil olgan mutaxassislar klinik (tibbiy) psixolog, neyropsixolog, psixoterapevt, psixonevrolog bo‘lib davolash muassasalarida faoliyat ko‘rsatishmoqda.
O‘zbekistonda prof. Z.R.Ibodullaev tashabbusi bilan tibbiyot psixologiyasini o‘qitish kontseptsiyasi ishlab chiqildi va o‘zbek tilida dastlabki darslik yaratildi. 2008 yili etuk xorij davlatlari darsliklari negizida tayyorlangan “Tibbiyot psixologiyasi” darsligi “Yilning eng yaxshi darsligi” sovrinini qo‘lga kiritdi va 3 marotaba nashrdan chiqdi. Olimning rahbarligida magistratura yo‘nalishi uchun “Tibbiyot psixologiyasi” bo‘yicha Davlat ta’lim standarti ishlab chiqildi. Respublikamizda 2012 yildan boshlab magistratura va klinik ordinatura bo‘yicha tibbiy psixologlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu sayt “Tibbiyot psixologiyasi” ning rasmiy sayti bo‘lib, unda Siz ushbu fanga oid barcha ma’lumotlarni topishingiz mumkin.
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Yangiliklar" bo‘limi bo‘yicha