EPILEPSIYaDA QOVURILGAN GO‘ShTLI OVQATLAR AFZALLIGI YoKI KETOGEN PARHEZ
Epilepsiya bilan kasallanganlar ovqat ratsionida qovurilgan go‘shtli ovqatlar ko‘p bo‘lishi, uglevodlar esa kam bo‘lishi kerak. Chunki organizmga tushgan qovurilgan go‘shtli mahsulotlar parchalanganda keton tanachalari ajralib chiqadi va bosh miyadagi epileptogen o‘choqlarni so‘ndiradi. Shu bois Halqaro epileptologlar assotsiatsiyasi tomonidan epilepsiyada ketogen parhez tartib-qoidalari ishlab chiqilgan va davolash standartida o‘rin olgan. Demak, yurak-qon tomir kasalliklarida ist’emol qilish mumkin bo‘lmagan qovurilgan go‘shtli ovqatlar, epilepsiyada tavsiya etiladi.
Uglevodlar (shakar) yoki tarkibida uglevodni ko‘p saqlovchi oziq-ovqatlar, ya’ni turli xil shirin pishiriqlar, asal, guruch, kartoshka epilepsiyada juda kam ist’emol qilinishi kerak. Uglevodlarning ko‘p miqdorda organizmga tushishi epileptogen o‘choqlarda neyronal faollikni oshiradi va epileptik xurujlar qo‘zg‘alishiga turtki bo‘ladi. Shu bois ham tarkibida glyukoza saqlovchi har qanday oziq-ovqat mahsulotlarini epilepsiyada keskin chegaralash zarur.
Ketogen parhez, ayniqsa, bolalik va o‘smirlik davrida uchraydigan epilepsiyada samaralidir. Bolaning ovqat ratsionida har qanday go‘shtli mahsulotlar (ayniqsa, qovurilgan yog‘li go‘shtlar), jigar, tuxum ko‘p bo‘lishi lozim. Shuningdek, sut, sariyog‘, pishloq, yong‘oq, meva-sabzavotlar va ko‘katlar ham ko‘p tanovvul qilinishi lozim. Ketogen parhez kattalarga ham qo‘llaniladi. Maxsus dietologiya adabiyotlarida bolalar va katta yoshdagilar uchun tuzilgan ketogen parhez turlari mavjud. Shularga albatta amal qilish talab etiladi. Chunki qovuriligan go‘shtli ovqatlarni ortiqcha suist’emol qilish bemorning semirib ketishiga olib keladi. Shuningdek, ketaogen parhez jigar va buyrakning surunkali kasalliklari hamda yurak-qon tomir kasalliklarida mumkin emas.
Zarifboy Ibodullaev