Yangiliklar Yangiliklar Epilepsiyaga oid savol-javoblar

Epilepsiyaga oid savol-javoblar


 

Savol. Nima uchun epileptik xurujlarni bartaraf etish uchun monoterapiya usuli tanlanadi?

Javob. 1) Aksariyat hollarda 2 ta antikonvulsant beradigan natijani 1 ta antikonvulsant ham beradi. 2) Monoterapiya usuli orqali antikonvulsantlarning organizmga zararli ta’siri kamaytiriladi, chunki 2 ta antikonvulsant bir-birining ta’sirini pasaytirishi va natijani yo‘qqa chiqarishi yoki kuchaytirib intoksikatsiyani yuzaga keltirishi mumkin. 3) psixologik sabablar, ya’ni aksariyat bemorlar ko‘p dori ichishni yoqtirishmaydi va dori ichish tartibiga rioya qilishmaydi. 4) monoterapiyaning arzon turishi.

Savol. Epilepsiyaning engil kechuvchi turlarida antikonvulsantlar bermasa ham bo‘ladimi?

Javob. Ha, bo‘ladi. Engil kechuvchi epilepsiyaning ba’zi turlarida, ya’ni rolandik, fotosensitiv va o‘qish epilepsiyasida antikonvulsantlarni tavsiya etish shart emas. Bolalar absans epilepsiyasi ham bolaning yoshi kattalashgan sayin o‘zi o‘tib ketadi. Biroq buning uchun tashxis to‘g‘ri qo‘yilgan bo‘lishi kerak.

Savol. Epilepsiyaning qaysi turlari og‘ir kechadi va xurujlar to‘xtagandan keyin ham keyinchalik yana paydo bo‘laveradi?

Javob. Uest sindromi, Lennoks-Gasto sindromi, Kojevnikov epilepsiyasi, Rasmussen sindromi va shu kabi epilepsiyaning og‘ir turlari.

Savol. Antikonvulsantlarni qancha vaqt berish va qachon to‘xtatish kerak?

Javob. Antikonvulsantlarni qachon to‘xtatishga oid yagona taklif yo‘q. Aksariyat hollarda so‘nggi epileptik xurujdan so‘ng dorini yana 2 yil ichish tavsiya etiladi. Agar 2 yil mobaynida xurujlar takrorlanmasa, dorini qabul qilishni asta-sekin kamaytirib borish va to‘xtatish mumkin. Ba’zi hollarda, ayniqsa, simptomatik epilepsiyalarda antikonvulsantlarni 3–5 yil qabul qilish zarurati tug‘iladi. Agar epileptik xurujlarni yuzaga keltiruvchi asosiy sabab bartaraf etilsa (masalan, xirurgik davolash usullari orqali), antikonvulsantlarni uzoq vaqt qabul qilishga hojat yo‘q. Lennoks-Gasto sindromi, Kojevnikov epilepsiyasi va Rasmussen sindromida antikonvulsantlar uzoq yillar qabul qilinadi. 

Savol. Antikonvulsantlarni qabul qilish butunlay to‘xtatilgach, epileptik xurujlar yana qachon qo‘zg‘alishi mumkin?

Javob. Uning sabablari bir nechta: 1) aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolganlarda; 2) o‘choqli nevrologik simptomlar saqlanib qolganlarda; 3) uzoq davom etgan epileptik anamnezda; 4) to‘g‘ri davolash muolajalari kech boshlangan bemorlarda; 5) fokal epileptik xurujlarda; 6) turli toifadagi epileptik xurujlar birgalikda namoyon bo‘lganda; 7) EEG da kuchli o‘zgarishlar saqlanib qolganda; 8) boshqa nojo‘ya omillar (ichkilikbozlik, giyohvandlik).

Professor Zarifboy Ibodullaev



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив